SOʻFI OLLOYOR (1644, Kattaqoʻrgʻon bekligi Minglar qishlogʻi — 1724, Denov) — tariqat arbobi va mutasavvuf shoir. Shayxlar maktabi va Buxorodagi joʻybor shayxlari dargohida taʼlim olgan. Oʻz davrining barcha asosiy ilmlarini egallagan, arab va fors tillarini oʻrgangan. Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan boj mahkamasiga toʻra etib tayinlangan. Darveshona feʼl, shoirona koʻngil sohibi boʻlgan CO. bu lavozimdan tezda isteʼfo berib, oʻz davrining mashhur shayxi Navroʻzga shogird tushgan, tarikat talablarini bajarib, shayxlik martabasiga koʻtarilgan, valiulloh (karomat soxibi) boʻlib yetishgan. Turkiy va forsiy tillarida ijod qilgan Soʻfi Olloyor ijodining asosiy yoʻnalishi islom maʼrifatini keng xalq orasiga yoyish va tasavvufning insoniy kamolot bilan bogʻliq gʻoyalarini targʻibtashviq qilishdan iborat. U «Maslak ulmuttaqin» («Taqvodorlar maslagi»), «Murod ulorifin» («Oriflar murodi»), «Maxzan ulmuteʼin» («Itoatkorlar xazinasi») asarlarini forsiy, «Sabot ulojizin» («Ojizlar saboti»), «Favz unnajot» («Najot tantanasi») masnaviylarini turkiy tidda yaratgan. Forsiy va turkiyda bitilgan boshqa sheʼrlari ham mavjud. «Mevalar munozarasi» nomli manzuma xam unga nisbat beriladi.
Soʻfi Olloyorning shoh asari «Maslak ulmuttaqin» boʻlib, 12 ming bayt, 135 ta kattakichik bobdan iborat. Ilohiy maʼrifatning badiiy talkiniga bagʻishlangan bu asar el orasida shuxrat tutganidan soʻng doʻstu yaqinlari undan turkiy tidda xam shunday bir kitob yozishni iltimos kiladilar. Bunta javoban u «Maslak ulmuttaqin»ni birmuncha qisqartirib, oʻzbek tilida nazmda bitgan va un-ta «Sabot ulojizin» deb nom bergan. Oʻzbek falsafiy didaktik adabiyotining yetuk namunasi boʻlmish ushbu asarda tasavvuf taʼlimotining maʼnaviyaxloqiy masalalarini keng yoritish bilan u turkiy tasavvuf adabiyoti rivojiga katga hissa koʻshgan.
Asarlarida islom ahkomlari, tariqat talablari, insoniy komillik shartlarini birmabir taʼriflab bergan. Axloqiytaʼlimiy ahamiyati jihatidan, xususan, «Maslak ulmuttaqin» va «Sabot ulojizin» asarlari maktab va madrasalarda asosiy dareliklar qatorida oʻqitilib kelgan. Uning diniytasavvufiy ruxdagi pandu hikmatga yoʻgʻrilgan asarlari nafaqat Turkiston, balki Qashqardan tortib Etel (Volga), Yoyiq (Ural) daryolari vohalari, Hojitarxon (Astraxan), Bulgʻor, Orenburg va b. mintaqalarda yashovchi xalqlar orasida ham keng tarqalgan. Ular koʻp nusxalarda koʻchirilgan. 19-a. ning oxirlariga kelib esa Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va b. shaharlarda toshbosma yoʻli bilan bir necha marta bosilib chiqqan.
Soʻfi Olloyor asarlari koʻplab xorijiy tillarga tarjima qilingan, ularga bagʻishlab sharhlar yozilgan, lugʻatlar tuzilib, u qoʻllagan tasavvufiy istilohtimsollar keng sharhlangan.
As: Sabot ulojizin, T., 1991.
Ad.: Zohid R., Soʻfi Olloyor. Adabiyot koʻzgusi, T., 1996; Turkistoniy S, Soʻfi Olloyor. Gʻoyiblar xaylidan yongan chiroqlar, T., 1994; Baratova N., Soʻfi Olloyorning badiiy-maʼnaviy qarashlari, Samarqand, 2002.
Ergash Ochilov.