SNARYADLAR

SNARYADLAR, artilleriya snaryadlari (rus. snaryad — asbob) — toʻplar, minomyotlar, reaktiv artilleriya qurollaridan otishga muljallangan oʻqdori turi. S, asosan, tana (korpus), trasser (iz qoldiruvchi) va portlatgichdan iborat; faolreaktiv va reaktiv Snaryadlarda qattiq yoqilgʻili dvigatel ham boʻladi; ayrim artilleriya Siga stabilizator (yoʻnalishni toʻgʻrilovchi) ham qoʻyiladi. Artilleriya Si kalibriga koʻra, kichik kalibrli (20—76 mm), oʻrta kalibrli (76—152 mm) va yirik kalibrli (152 mm dan yuqori) turlarga, qoʻllanilishiga koʻra, asosiy, maxsus va yordamchi guruhlarga boʻlinadi. Asosiy guruhsagi Snaryadlarga fugasli, oskolkali, fugasoskolkali, kumulyativ (portlash taʼsiri bir yoʻnalishda jamlangan), zirhteshar, betonteshar Snaryadlar kiradi. Ular dushmanning jonli kuchlari, jangovar texnikasi, mudofaa inshootlarini shikastlash uchun otiladi. Snaryadlarning maxsus turlari (yorituvchi, tutun tarqatuvchi va aktatsion Snaryadlar) jangovar vazifalarni bajarishni taʼminlash uchun muljallangan. Snaryadlarning yordamchi guruxlaridan esa poligonsinov va oʻk^v mashqlarida foydalaniladi. Snaryadlarning ichki qismi portlovchi modda (zaryad), fugas, fugasoskolka, kumulyativ, tutun hosil qiluvchi moddalar va b. bilan toʻldiriladi. Snaryadlarning quvvati zaryadining turi va massasiga bogʻliqboʻladi. Quvvat snaryadning toʻlalik koeffitsiyenti (portlovchi modda portlash zaryadi massasining toʻliq zaryadlangan snaryad massasiga nisbati) bilan aniklanadi. Bu koeffitsiyent fugasli Snaryadlar uchun 25%, fugasoskolkali va kumulyativ Snaryadlar uchun 15%, zirhteshar Snaryadlar uchun 2,5% gachani tashkil qiladi. Oskolkali Snaryadlarning quvvati shikastlovchi oskolkalarning soni va shikastlash zonasi radiusi bilan ham ifodalanadi.

4 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x