SMM mutaxassisi kim?

DO`STLARGA ULASHING:

SMM mutaxassisi kim?

SMM mutaxassisi — kasb tilida SMM menejer deb yuritiladi. Uning asosiy vazifasi ma’lum bir brendni bugungi kunda aktual bo’lgan ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilish va brendning ommaviyligini, ya’ni, mashhurligini ta’minlash bilan birga, o’sha brendga xos bo’lgan mahsulotlar sotuvini ta’minlashdir.

Bugungi kunda O’zbekistonda aktual bo’lgan ijtimoiy tarmoqlar quyidagilar:

▪️Telegram;
▪️Instagram;
▪️Facebook
▪️TikTok’dir.

————————————————-

SMM menejerining asosiy vazifasi nima?

SMM menejerning asosiy 5 ta vazifasiga quyidagilar kiradi:

— ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yuritish orqali maqsadli auditoriyani yaratish va ular bilan ijobiy aloqa o’rnatish;
— ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylash uchun audio, video va matnli kontent tayyorlash;
— kontent plan tuzish orqali ishlarni rejali va maqsadli amalga oshirish;
— ma’lum bir mahsulotning marketing strategiyasini ishlab chiqish va ma’lum bir muddat oralig’ida amalga oshirish;
— targeting stategiyasi tuzish va mahsulot yoki xizmatni target qilish orqali mahsulot yoki xizmat sotuvini oshirish.

👉@Farrux_Abrorkulov

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x