SMETANA

SMETANA (Smetana) Bedrjik (1824. 2.3, Litomishl — 1884.12.5, Praga) — chex kompozitori, pianinochi, dirijyor, musika jamoat arbobi. Milliy opera va simfonik musika asoschisi. 1830-y. dan pianinochi sifatida konsertlar bergan. 1850—70 y. larda dirijyor, pedagog, musiqa tanqidchisi. Pragada musiqa maktabi (1849), opera maktabi (1872)ni tashkil etgan. Smetana milliy ruxda yaratilgan «Brandenburgliklar Chexiyada» (1863), «Dalibor» (1867), «Libushe» (1872) kabi tarixiy va, ayniqsa, shoh asari — «Sotilgan kelin» (1866) hajviy operalari, «Mening Vatanim» simfonik poemalar turkumi va boshqalar bilan chex musiqasini jahonga tanitgan. «Sotilgan kelin» operasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1952). Chexiyada Smetana jamiyati (1930-y. dan), Chexiya va Shvetsiyada Smetana muzeylari faoliyat koʻrsatmoqda. Pragadagi «Musiqa uyi», konsert zaliga Smetana nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x