«Rossiyskaya gazeta» sharhlovchilari ayrim ilovalar befoyda, ayrimlari esa zararli bo‘lgani uchun smartfondan o‘chirib tashlashni tavsiya qilishdi, deb yozadi Tengrinews.kz.
Ekspertlar birinchi navbatda raqam aniqlaydigan ilovalarni zararli deb atashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bunday dasturlar smartfondagi telefon raqamlariga oid barcha ma’lumotlarni ko‘chirib oladi, bundan tashqari, smartfon egasining ismi va telefon raqamini boshqalarga berishi mumkin.
Keyingi o‘rinda batareya quvvatini tejaydigan dasturlar aytildi. Foydalanuvchilarga smartfon sozlamalaridagi quvvat tejaydigan funksiyadangina foydalanish tavsiya qilindi. Mutaxassislarning aytishlaricha, quvvat tejaydigan ilovalardan hech qanday foyda yo‘q.
Shuningdek, «xotira tozalaydigan» dasturlar ham befoyda deb topildi.
«Ular ham xuddi batareya tejaydigan ilovalar kabi ishlaydi. Xotira bir ozga yengillashadi, ammo bu juda qisqa vaqt davom etadi», – deyiladi maqolada.
Bundan tashqari, fonarlar, QR-kod skanerlari ham xavfli deb topilgan.
Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling: