Smartfon nima uchun qiziydi?

Smartfon nima uchun qiziydi?

Smartfon ishlashi paytida me’yorida qizishi normal hodisa. Lekin siz smartfondan faol foydalanmagan paytda ham juda tez qizib ketsa, bu nima uchun sodir bo‘layotganini va qizib ketishni qanday qilib oldini olish mumkinligini bilishingiz kerak.

Smartfon — bu oddiy kompyuter singari murakkab texnik qurilma. Plastmassa yoki metall korpus ichida murakkab vazifalarni bajaradigan kuchli prosessor va boshqa mikrosxemalar joylashgan. Ular ishlashi paytida issiqlik energiyasi domiy ravishda chiqariladi, shuning uchun smartfon ma’lum darajada qiziydi.

Kompyuterlardagi sovutish tizimini (kuler) smartfonlarda qo‘llashning imkoni yo‘q, bu uchun bo‘sh joy ham mavjud emas. Korpus yasalgan material (plastmassa, metall), texnik parametrlar va smartfon ishlab chiqaruvchisining maxsus texnologiyasi kabilar ham qizish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Foydalanuvchi smartfonida qanchalik murakkab vazifalarni bajarsa, qurilma shunchalik qiziydi.

Ko‘p hollarda, ishlab turgan smartfonning qizishi foydalanuvchini bezovta qilmasligi kerak. Smartfon ishlab chiqaruvchilari domiy ravishda chiqariladigan issiqlik energiyasi qurilmaning mikrosxemalariga zarar yetkazmasligini oldini olishgan. Faol foydalanilmayotgan smarfton harorati 50-70 gradusgacha tez-tez va doimiy qizishi xavfli hisoblanadi. Ayniqsa, bizning mintaqamizda yoz faslida to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlari ostida qoldirilgan (oyna tokchasida, avtomobilda) smartfonning issiqlik ta’sirida ishdan chiqishi holatlari ko‘p uchraydi.

Smarftonning issiqlikdan asrash kerak bo‘lgan eng zaif qismi — bu batareya. Lity uning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, past erish haroratidagi metall hisoblanadi. Bunday batareyalar uchun eng yuqori ish harorati 60 gradus. Uning uchun atrofdagi harorat ko‘tarilgan sharoitda doimo qolish zararli. Avvaliga batareya quvvati tez-tez tugashni boshlaydi, keyin esa butunlay ishlamay qolishi mumkin. Batareyani 50 gradus haroratda saqlash paytida, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, sig‘imning pasayishi olti marta ortadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x