SLAVYANLAR — kelib chiqishi bir va tillari oʻzaro yaqin boʻlgan Yevropa xalqlarining eng yirik guruhi. Uning tarkibiga; sharqiy Slavyanlar (ruashr, ukrsshnlar, beloruslar); gʻarbiy Slavyanlar (polyaklar, chexlar, slovaklar, lujichanlar); janubiy Slavyanlar (bolgarlar, serblar, xorvatlar, slovenlar, makedonlar, bosniyaliklar, chernogoriyaliklar) kiradi. Umumiy soni 293,5 mln. kishi (1990y. lar oʻrtalari), shu jumladan, RFda 125,5 mln. kishi. Slavyan tillarida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar, katoliklar, bir qismi protestantlar. Slavyanlar haqida qad. maʼlumotlarga koʻra, ular mil, 1—2-a. larda venedlar nomi bilan maʼlum boʻlgan. 6-a. oʻrtalarida Prokopiy, Iordan va b. ning asarlarida uchraydi. 7-a. ning 2-yarmida Slavyanlar arab muallifi Abu Malik alAxtalning asarlarida tilga olingan. Slavyanlarning ajdodlari — slavyan qabilalari hindevropa tillari oilasiga mansub tillarda soʻzlashgan. Ular bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich, ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich, dregovich, vyatich va b. qabilalardan iborat. Mil. 2—4-a. larda german qabilalari (gotlar, gepidlar)niig jan. ga siljishi oqibatida Slavyanlar yashagan hudud 2 qismga boʻlinib ketgan. Bu voqea Slavyanlarni sharkiy va gʻarbiy guruhlarga boʻlinishida katta rol oʻynagan. 5-a. oxirida gunnlarning kuchsizlanishi oqibatida Slavyanlar jan. ga siljiy boshlagan. Ular Dunay daryosi, Qora dengizning gʻarbiy sohillari, Vizantiyaning Bolqon ya. o. dagi viloyatlariga kirib borgan. Shu tariqa Slavyanlarning jan. guruhi vujudga kelgan. Jan. Sda ilk davlat — Birinchi bulgʻor podsholigi, gʻarbiy Sda Samo davlati, keyinchalik Buyuk Moraviya saltanati tashkil topgan. 10-a. da Odra va Visla oʻrtasida Polsha, 9—10-a. ning 1-yarmida markazi Kiyev sh. boʻlgan Kiyev Rusi davlati vujudga kelgan. Davlatlarning paydo bulishi slavyan xalqlarining shakllanishiga imkon bergan.
Slavyan xalqlarining uz milliy davlatidan mahrum boʻlishi (jan. va gʻarbiy Slavyanlarning katta qismi Avstriya, keyinroq Avstriya-Vengriya va Usmonli turk imperiyasiga qoʻshib olingan), milliy taraqqiyotidagi qiyinchiliklar, ogʻir iqtisodiy ahvol 19-a. ning oxiri — 20-a. ning boshida ularning Yevropa mamlakatlari, AQSH va Kanadaga koʻchishiga sabab boʻlgan. Jan. va gʻarbiy Slavyanlar oʻrtasidagi milliy harakat, RossiyaTurkiya urushi, Birinchi Bolqon urushi (1912)dagi Avstriya-Vengriyaning magʻlubiyati natijasida Slavyanlarning etnik hududlari qaytadan birlashtirshgan.
Slavyanlar dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi.