SLAVYAN TILLARI — hind-yevropa tillari oilasi tarkibidagi qarindosh tillar guruhi. Asosan, Markaziy va Sharqiy Yevropada, Shim. Osiyoda va jahonning boshqa koʻplab mamlakatlarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 300 mln. kishiga yaqin. Slavyan tillarining birbiriga yuqori darajadagi yaqinligi soʻz oʻzaklari va affiks larda, soʻz strukturasida, grammatik kategoriyalar qoʻllanishida, ran qurilishi va maʼnolar tizimida, izchil tovush oʻzgarishlari tizimida va b. da namoyon boʻladi. Bu yaqinlik Slavyan tillarining kelib chiqish manbai yagonaligi, shuningdek, ularning adabiy tillar va lahjalar darajasidagi uzok, yillik alokalari bilan izoxlanadi. Shu bilan birga, 11 —15-a. lardan beri mustaqil tillar sifatida rivojlanib kelayotgani syababli ular orasida moddiy, funksional va tipologik xarakterdagi bir qancha tafovutlar ham mavjud.
St. oʻzaro yaqinlik darajasiga koʻra, 3 guruhga ajratiladi: sharqiy slavyan (rus, ukrain, belorus tillari), jan. slavyan (bolgar, makedon, serb-xorvat, sloven tillari) va garbiy slavyan (chex, slovak, polyak, yuqori va quyi lujitsa tillari) guruxlari. Mazkur guruxlardan har birining ichki boʻlinishlari ham oʻziga xosliklarga ega. Slavyan tillarining har biri adabiy til bilan birga oʻz hududiy lahjalarini qamrab oladi; bu unsurlarning oʻzaro nisbati Slavyan tillarida turlicha namoyon boʻladi.
Zamonaviy St. yagona til (eng kad., keyinroq qad. va eski slavyan tili)ning uzoq tarixiy taraqqiyoti va boʻlinishi natijasida paydo boʻlgan. 10 — 11-a. larda kabila tillari asosida ayrim slavyan xalqlari tillari vujudga kelgan. Jan. va gʻarbiy Slavyan tillarida boʻlinish yuz bergan. 14-a. da sharkiy Slavyan tillarining ajralishi natijasida rus, belorus va ukrain tillari yuzaga keladi. Turli tarixiy davrlarda Slavyan tillarining mikdori va oʻzaro nisbati turlicha boʻlgan. Mac, 14-a. gacha sharqiy St. mustaqil tillar emas, balki laxjalar darajasida oʻzaro farklangan. Serblar va xorvatlar til jihatdan 19-a. ning 1-yarmidagina birlashganlar va ularning umumiy tili serbxorvat yoki xorvatserb deb atala boshlagan. Makedon tili esa 20-a. dagina shakllangan.
Slavyan xalqlari (tillari) 2 alifbodan foydalanadilar. Barcha sharqiy slavyan tillari, bolgar, serbxorvat va makedon tillari kirill alifbosi asosidagi, barcha garbiy slavyan tillari, xorvat va sloven tillari esa lotin alifbosi asosidagi yozuvlarga ega. Slavyanlar nutqidagi ayrim tovushlar uchun lotin alifbosida tegishli harflar boʻlmagan holatlar turli satr usti belgilarini qoʻllash yoki harflarni qoʻshish orqali bartaraf etilgan. Slavyan tillari dagi dastlabki yozma yodgorliklar, ularning shakllanish va rivojlanish vaqtlariga koʻra, 11-a. dan 19—20-a. largacha boʻlgan davrlarga taalluqlidir.
Ad.: Bernshteyn SB., Ocherk sravnitelnoy grammatiki slavyanskix yazыkov. Vvedeniye. Fonetika, M., 1961; Naxtigal R., Slavyanskiye yazыki, perevod so slovenskogo, M., 1963; Boshkovch R., Osnovы sravnitelnoy grammatiki slavyanskix yazыkov. Fonetika i slovoobrazovaniye, perevod s serbskoxorvatskogo, M., 1984.
Abduvahob Madvaliyev.