SKRYABIN Konstantin Ivanovich

SKRYABIN Konstantin Ivanovich (1878.7,12, Sankt-Peterburg 1972.17.10, Moskva) — rus gelmintolog va parazitolog olimi, SSSR FA (1935), Butunittifoq qishloq xoʻjalik FA (1935) va tibbiyot FA (1944) akad., Rossiya (1927), Qirgʻiziston (1954) va Oʻzbekistonda (1962) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Mehnat Qahramoni (1958). j Yuryev (hoz. Tartu sh., Estoniya) veterinariya in-tini tugatgan (1905), Turkiston oʻlkasi veterinariya vrachi (1905—11), Novocherkask sh. dagi Don veterinariya in-ti (1917—20), Moskva veterinariya in-ti (1920—72) prof., Davlat eksperimental veterinariya in-tida (1920—56) va Ye. I. Marsinovskiy nomidagi Tibbiyot parazitologiyasi va tropik tibbiyot in-tida (1921—49) gelmintologiya boʻlimi mudiri, Butunittifoq q. x. fanlari akademiyasi gelmintologiya lab. mudiri (1942—72), SSSR FA Qirgʻiziston filiali prezidiumi raisi (1943—52), Butunittifoq qishloq xoʻjalik FA vitseprezidenta (1956—61). Skryabin rahbarligida gelmintlar morfologiyasi, biol. si, filogeniyasi, sistematikasi, ekologiyasi, epizootologiyasi va epidemiologiyasiga oid tadqiqotlar oʻtkazilgan. Skryabin gelmintlarning 200 dan ortiq yangi turlarini topdi va 120 avlodini tavsiflab berdi. U ishlab chiqqan degelmintizatsiya va devastatsiya taʼlimotlari odam va q. x. hayvonlari gelmintozlariga qarshi kurashda asos boʻlib hisoblanadi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda gelmintologiya ftining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. S. Oʻzbekistonda bir qancha gelmintologik ekspeditsiyalar uyushtirgan; gelmintologiya lab. lari tashkil etgan; Oʻzbekistonda koʻplab yetuk gelmintolog mutaxassislar (M. A. Sultonov, AL. Toʻlaganov, Sh. A. Azimov, E. h. Ergashev, N. M. Matchonov, va b.) tayyorlagan. Moskvadagi Rossiya gelmintologiya inti, Bishkekdagi Qirgʻiziston q. x. in-ti va Samarqanddagi Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot in-tiga Skryabin nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x