SKOPAS

SKOPAS (Skopas) (mil. av. 4-a.) — yunon haykaltaroshi va meʼmori. Paros o. da tugʻilgan. Gretsiya va Kichik Osiyoning Tegeya (hoz. Piali), Galikarnas (hoz. Bodrum, Turkiya) va b. shaharlarida ishlagan. S. Tegeyadagi Afina Aleya ibodatxonasi (mil. av. 350—340) va Galikarnasdagi mavzoley (maqbara, mil. av. 4-a. oʻrtalari)ni barpo etishda meʼmor sifatida qatnashtan. Skopas klassika anʼanalarini davom ettirib, monumental, qahramonlik ruhi bilan sugʻorilgan haykaltaroshlik asarlari yaratdi, ularda sergʻayrat, kuchquvvatga toʻla, ichki hisʼhayajonini yashira olmaydigan, kurash ruhi bilan toʻlibtoshgan kishilarning koʻrinishi, maʼnaviy ichki dunyosi ochib beriladi. Galikarnasda haykaltaroshlar Briaksis, Leoxar, Timofeylar bilan hamkorlikda yaratgan relyeflaridan parchalar Britaniya muzeyida sakdanadi. Skopasning koʻp asarlari jahon muzeylarida saqlanayotgan Rim nusxalaridan maʼlum: «Meliagr», «Menada», «Potos», «Navqiron Gerakl» va b. S. ning dramatizm bilan toʻla ijodi ellin davri madaniyati haykaltaroshl i giga kuchli taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x