SKOLOPENDRASIMONLAR, katta qirqoyoqsimonlar (Scolopendgomofha) — eng yirik koʻp oyoqlilar turkumi. Uz. 10—25 sm gacha, tanasi 21—23 ta bir xil tuzilgan boʻgʻimlardan iborat. 900 ga yaqin turi, asosan, tropik, subtropik oʻlkalarda tarqalgan. Kunduzi tosh va yogʻochlar ostiga va yoriklarga kirib oladi; tunda ov qiladi. Yirtqich; har xil hasharotlar bilan oziklanadi. Jan. Amerika va Yamayka o. da tarqalgan gigant skolopendra mayda umurtqalilar (qurbaqalar, kaltakesaklar, qushlar)ga ham hujum qiladi. Skolopendrasimonlarning erkagi koʻpayish davrida yer osti yoʻllariga halqa toʻr tortib, unga urugʻ hujayralari toʻldirilgan xaltasi (spermatofor)ni qoʻyib ketadi. Urgʻochi Skolopendrasimonlar urugʻ xaltani olib, oʻzining jinsiy bezi yoʻliga kiritadi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan halqali qirqoyoq partenogenez koʻpayadi. Skolopendrasimonlar qoʻygan tuxumlarini kalavaga oʻxshab oʻrab olib, yirtqichlardan himoya qiladi. Yirik S, jumladan, halqali qirqoyoq zaharli. Skolopendrasimonlar chaqqan joy shishib ketadi, lekin shish 1—2 kundan soʻng qaytadi. Gigant skolopendra zahari odam uchun ayniqsa xavfli. Jan. hududlarda tarqalgan choʻl soʻqir qirqoyogʻi doim tuproq ichida yashaydi; koʻzlari boʻlmaydi. Skolopendrasimonlar zararkunanda hasharotlar va kanalarni qirib, foyda keltiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые