SKLERENXIMA

SKLERENXIMA (yun. scleros — qattiq, mustahkam va echyma — toʻldirilgan, quyilgan; bu yerda — toʻqima) — oʻsimliklarning mexanik toʻqimasi. Qalin qobikli yogʻochlangan 2 tipdagi hujayralar: tolalar va sklereidlardan tuzilgan. Tolalar juda choʻziq, uz. bir necha oʻn mm dan 1 sm (qichitqioʻt), hatto 4 sm (rami)gacha boʻladi. Sklerenximaning yogʻochlanmay sellyulozaligicha qolgan tolasi toʻqimachilik sanoati uchun qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Sklerenxima tolasi mustahkam va juda tarang. Sklerenxima mustahkamlik jixatdan poʻlatdan, qayishqoqlik jihatdan kauchukdan qolishmaydi. Deyarli hamma quruqlik oʻsimliklarining, asosan, yogʻochi va lubida boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x