SKIPIDAR

SKIPIDAR — terpen uglevodorodlaridan iborat murakkab aralashma (q. Terpenlar). Rangsiz, tiniq, uchuvchan, oʻziga xos hidli suyuklik. Qaynash t-rasi 153—225°, zichligi 850—870 kg/m3. Suvda erimaydi, koʻpgina organik erituvchilar bilan har qanday nisbatda aralashadi. Yonuvchan; havoda, ayniqsa, yorugʻlikda oksidlanadi va quyuklashadi. Kislotalar va issiqdik taʼsirida oson izomerlanadi va polimerlanadi. Igna bargli daraxtlardan suv bugʻi ishtirokida haydash, yogʻochni quruq xaydash yoki erituvchilar b-n ekstraksiyalash yoʻli bilan olinadi. Lok, boʻyoq, yogʻlarni eritishda, kamfora sintezida, tibbiyotda va b. sohalarda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x