SKIFLAR

SKIFLAR — Qora dengizdan shim. gʻarbda, Dunay va Don, Dnepr va Dnestr daryolari quyi xavzalaridan to Volgaga qadar boʻlgan hududlarda yashagan chorvador aholi (mil. av. 7—mil. 3-a.). Yevropa adabiyotida Skiflar haqida shim. eron tillarining turli lahjalarida soʻzlovchi qabilalar sifatida tasavvur shakllangan. Aslida esa bu hududlarda skiflarga qadar yashagan kimmeriylar eron zabon boʻlgan. Gerodotning yozishiga qaraganda, bu yurtlarga S. Osiyodan koʻchib kelganlar va yerli aholining til muhiti taʼsirida eronlashganlar. Asl vatani Volgadan sharkda, yaʼni Osiyoning Qozogʻiston choʻllari, Jan. Ural va Oltoy hamda Jan. Sibir hududlari boʻlib, skif qabilalari aslida turkiy tillarning turli lahjalarida soʻzlashuvchi oriylar edi. Chunki, shu mintaqalar aholisining moddiy madaniyati va antropologik tipi jez davridan boshlab birbiridan farq qilmaydi. Ilk Shim. Xitoy podsholiklari (mil. av. 2205—1766-y. larda «Shya», mil. av. 1766—1122-y. larda «Shong» sulolalari)dan kalgan yozma manbalarga koʻra, «di» turk soʻzining xitoycha transkripsiyasidir. Ular Xitoydan shim. da va shim. garbda yashashgan. Kdd. xitoychada «bey» soʻzi shim. ni koʻrsatgan. «Bey»ga «di» qoʻshilib, hosil boʻlgan «beydi» soʻzi esa ilk Xitoy podsholiklari davrida ulardan shim. da yashovchi chorvador turkiy tilli hunnu qabilalariga nisbatan ishlatilgan. Demak, jez davrida Jan. Ural, Markaziy va Sharqiy Qozogʻiston, Oltoy va Jan. Sibir mintaqalarida yashab, arxeologik adabiyotlarda Andronovo madaniyati nomi bilan yuritilgan qad. chorvador aholi turkiy zabon boʻlgan. Skiflar Yevrosiyo choʻllari aholisiga ellinlar tomonidan berilgan umumiy nom boʻlib, eron manbalarida ularni saklar deb yuritilgan. Gerodot «forslar skiflarni saklar» deb ataydi deb yozadi. soxillari Aholisiga skif atamasi ishlatilsa, Oʻrta Osiyo, Yettisuv va Qozogʻiston choʻllari hamda Togʻli Oltoy aholisiga nisbatan koʻproq sak atamasi ishlatilib kelinadi. Gerodotning yozishiga qaraganda, osiyolik Skiflar dastlab shim. va sharqiy Qora dengiz sohillarini egallab, yerli tub Aholi — kimmeriylar ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgach, kimmeriy suvoriylarini Kichik Osiyoga quvadilar, soʻng Midiya, Suriya va Falastin hududlarini, Shim. Mesopotamiyani egallaydilar.

Mil. av. 7-a. boshlarida Midiya davlati kuchayib, Skiflarni u yerdan haydab chiqaradi. S. Qora dengizdan shim. va sharqda, Dneprdan Dongacha boʻlgan choʻllarda oʻrnashib, endi mahalliy kimmeriy qabilalari b-n ittifoqlikda yashay boshlaydilar. Ellinlar esa bu joylarni Skifiya deb ataydilar. Mil. av. 7-a. da Skifiya juda katta siyosiyharbiy kuch edi. Gerodotning yozishicha, Doro boshliq qudratli Fors davlati mil. av. 513-y. da Skiflar ustiga yurish qilib, oʻz maqsadiga erisha olmagan. Aksincha Skiflar axomaniylarga tobe yerlarga javob hujumlari uyushtirib, ularni dahshatga soladilar. Barcha skiflarning tili, dini va urf odatlarining bir xil ekanligi manbalarda taʼkidlanadi.

Skiflar davlati mil. av. 5—4-a. larda Azov dengizidan Dunay daryosigacha hududlarni birlashtirgan kuchli harbiydemokratik davlat boʻlsada, mil. av. 3-a. ning oxirlarida Don ortidan kelgan sarmatlarning hujumi natijasida bir qism hududidan ajrab, ancha zaiflashadi. Mil. 1-a. ning 2-yarmida Skiflar bir necha bor Bospor podsholigi bilan urushlar olib borib, oʻzining avvalgi jangovarlik ruhini yoʻqotadi va nihoyat mil. 3-a. da Skifiya gotlar tomonidan tugatildi. Xalqlarning buyuk koʻchishi davrida Skiflar boshqa qabilalar tarkibiga singib, nafaqat mustaqillik, balki etnik xususiyatlarini ham yoʻqotadilar.

Ad.: Gerodot, Istoriya v devyati knigax, per. s grecheskogo, t. 1, kn. 1—4, L., 1972; Grakov B. N., Skifы, M., 1971; Grigoryev V. V., O skifskom narode sakax, SPB, 1871.

Ahmadali Asqarov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x