SKIFIYA — Qora dengizning shim. gʻarbiy sohillari, Azov dengizi atrofidagi dashtlar va Qrim choʻllarining ilmiy adabiyotlardagi nomi. Mil. av. 7 — mil. 3-a. larda Skifiya koʻchmanchi skif qabilalari yashagan yurt sifatida tilga olinadi. Gerodot S. ning chegarasi 20 kunlik yoʻlga teng joy, deb taʼriflaydi, ammo, arxeologik materiallar skiflarga tegishli madaniyat yoyilgan hududlar doirasi juda keng ekanligidan dalolat beradi. Gerodotning maʼlumotiga koʻra, ulkan Skifiya ichida «Azaliy Skifiya» boʻlib, u Dunay daryosining quyi havzasi qududlarini oʻz ichiga olgan, uning geografik markaziy qismida (hoz. Nikolayev sh. yaqinida xarobalari saqlangan) Olviya sh. (Borisfen) boʻlgan. Strabon esa «Kichik Skifiya» sifatida Qrim dashtlari va Qora dengizning shim. gʻarbiy sohillarini tilga oladi. Mil. av. 4-a. dan boshlab Skifiya hududlari sarmat qabilalari siquvi ostida qisqara boshlaydi. Mil. 3-a. ga kelib, Qora dengizning shim. boʻylari Sarmatiya deb ataladigan boʻldi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые