SKAFANDR

SKAFANDR [yun. skaphe — qayiq va (anerandros) — odam] — uchuvchi, kosmonavt, astronavt va gʻavvoslarning germetik kiyimi. Odamning havosi siyrak atmosferada, kosmik fazo va suv ostida ishlashiga imkon beradi, atmosfera rejimini (bosim, tra, namlik va gaz tarkibini) maʼlum darajada saqlab turadi. Skafandrning qutqaruv ishlari va kosmik parvozlar uchun moʻljallangan xillari bor. Qutqaruv Si samolyot yoki kosmik kema kabinasining germetikligi buzilganda, juda balandda katga tezlik bilan uchish paytida katapultalanganda hamda yuqori va past trali sharoitda uchuvchi va kosmonavtlarnig hayotini saklab qolish uchun ishlatiladi. U yumshoq germetik kiyimbosh, qattiq shlem, etik va qoʻlqopdan iborat. Havo S. ichiga siqiq havo manbai (mas, dvigatel kompressori)dan keladi. Havo berk kontur boʻylab aylanib yuradigan (regeneratsion) Skafandr ham bor. Bunda havo maxsus moslamalar bilan tozalab turiladi. Kosmik Skafandr kosmonavtning ochiq kosmik fazoda yoki boshqa sayyora sirtida uzok, muddat boʻlishini taʼminlaydi. Bunday Skafandr qattiq yoki yumshoq boʻlishi mumkin. Kosmonavt mustaqil tizimdan yoki kosmik kema bortidagi tizimdan shlang orqali kislorod bilan taʼminlanadi. Bunday Skafandrda traning keskin oʻzgarishi va radiatsiyadan kosmonavtni asrovchi qobiq boʻladi. U harakatlanish va oriyentatsiya vositalari b-n, kosmonavtning ahvoli va asosiy fiziologik koʻrsatkichlarini Yerdan turib nazorat qilib borishga imkon beradigan biotelemetrik tizim bilan taʼminlanishi shart. Gʻavvoslar kiyadigan Skafandr rezinalangan matodan tikiladi, shlemi metalldan yasaladi; u juda chuqur suvda ishlashga imkon beradigan zirhli apparat bilan taʼminlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x