SIZIGIYA

SIZIGIYA (yun. syzygia — qoʻshilish, juftlik) — Oyning ikki fazasi — yangi oy va toʻlin oyning umumiy nomi. Bu davrda Yerdan qaraganda Oy yangi oy paytida Quyoshga juda yaqin burchak masofadan oʻtib, u bilan «qoʻshilgani» tufayli shunday nom olgan. Sizigiya paytida Quyosh va Oy Yer bilan bir toʻgʻri chiziqda yotadi. Ularning Yer sirtiga beradigan koʻtarilishlari maksimum qiymatga ega boʻladi. Quyosh va Oy tutilishlari doimo Sizigiya davriga toʻgʻri keladi. «Sizigiya» atamasi Quyosh bilan birlashish va unga roʻpara turish maʼnosida sayyoralarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x