DO`STLARGA ULASHING:
Siz yo’qligingizda, kompyuteringizda nimalar bajarilganini tekshiramiz
#juda_qiziq
Biror sabab bilan kompyuter oldidan uzoqlashdingiz va qaytib kelganingizda nimadir g’alati: monitor sal qiyshaygan, sichqoncha biroz surilgan yoki stol ustida qandaydir soch yoki ushoq paydo bo’lib qolgan. Bu degani, siz yo’qligingizda kimdur kompyuteringizdan foydalangan.
Bu holat ayniqsa ishxonalarda ko’p kuzatiladi, o’zim ham birovni kompyuteriga o’tirib biror ish qilib turaman(albatta kelganidan so’ng nima qilganimni aytib qo’yaman). Shunday ekan, sizning kompyuteringizdan foydalangan sirli shaxs nimalardan foydalanganini aniqlashga harakat qilamiz, ya’ni Sherlok Holms bo’lamiz, deduktiv metodni ishga solamiz 🙂 .
1. Brauzer tarixini tekshiramiz, ya’ni qaysi saytlarga kirganini aniqlaymiz. Chrome brauzerida(adashmasam Mozilla Firefox’da ham), kirilgan saytlarni ko’rish uchun CTRL+H tugmasi bosiladi, qolgan brauzerlarda qanday qilib ko’rishni, internetdan muammosiz topib olishingiz mumkin.
2. Google orqali nimalar qidirganini tekshiramiz. Google qidiruv tarixini to’liq nazorat qiladi, sirli odam kichik vaqt ichida albatta sizning foydalanuvchi bilan biror narsa qidirgan bo’lishi mumkin, shuning uchun o’z foydalanuvchingiz tarixini ko’ramiz, buning uchun ushbu linkka (https://myactivity.google.com/activitycontrols) kiramiz.
3. «Корзина» ichini tekshiramiz. Shoshma-shosharlik bilan, biror faylni oddiy Delete tugmasi bilan o’chirgan bo’lishi mumkin.
4. Biror faylni to’liq o’chirganini tekshiramiz. Shift+Delete tugmasi bilan biror faylni o’chirgan bo’lsa, recuva (https://t.me/planetaitsoft/11) utilitasi orqali qayta tiklab ko’ramiz.
5. Biror faylni ochib ko’rganini tekshiramiz. «Быстрый доступ» degan papkada, oxirgi ochilgan fayllar bo’ladi. Bu papkani tez ochish uchun, Win+R→recent va Enter tugmasini bosamiz.
6. Internetdan biror fayl ko’chirilganini tekshiramiz. «Загрузки» papkasini tekshirish orqali, ko’chirib olgan faylni ko’rishimiz mumkin.
7. Kompyuteringiz o’chib-yoqilmaganini tekshiramiz. Buni qanday tekshirish mumkinligini, ushbu postda (https://t.me/planetait/925)yozib o’tgan edim.
☝️Asosiy, muammosiz tekshirishingiz mumkin bo’lgan joylar shular, agar bu yerlardan hech qanday foyda olmasangiz, lekin nimadir qilganini aniq bilsangiz va oxirgacha bormoqchi bo’lsangiz, Windows jurnallarini birma-bir tekshirib chiqishingiz mumkin, buning uchun:
Win+R → eventvwr va Enter bosasiz va paydo bo’lgan oynadan birma-bir jurnallarni ko’rib, tahlil qilib chiqishingiz mumkin.