Atoqli olmon faylasufi Artur Shopenhauer ezma bir xotin bilan birga tushlik qilib qoladi. Tushlik davomida ayol eri va oʻzi oʻrtasidagi munosabatlar haqida mayda-chuydasigacha gapirib, noliydi. Faylasuf uni sabr-toqat bilan eshitib oʻtiradi, lekin hech narsa demaydi. Bundan zardalangan xotin:
– Meni tushunyapsizmi, oʻzi? – deb soʻraydi.
– Yoʻq, – deb javob beradi Shopenhauer. – Lekin eringizni juda yaxshi tushunib turibman.
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 9-sonida chop etilgan.
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/siz-meni-tushunyapsizmi/