SIYOB MAKONI

SIYOB MAKONISamarqand sh. dagi Siyob anhori chap qirgʻogʻida joylashgan soʻnggi paleolit davriga oid qarorgoh. Oʻzbekiston FA ning arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan (1969). Siyob makonini qazish natijasida bir necha joydan soʻnggi paleolit davriga oid koʻpgina tosh qurollar chiqqan. Ular, asosan, 2 guruhga boʻlinadi: 1guruh qurollari sargʻish, oq, jigarrang va koʻk rangli chaqmoqtoshlardan tayyorlangan; 2guruhga mansub tosh qurollar, asosan, dioripщan yirikroq qilib yasalgan. Sm. tosh qurollarining koʻpi prizmatik va b. shakldagi nukleuslardan urib, uchirib olingan tosh parchalardan tayyorlangan. Siyob makonining asosiy qurollari: turli xildagi pichoqsimon tosh keskichlar, tosh qirgʻichlar, botiq tigʻli qurollar va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x