SIYDIK HAYDOVCHI DORILAR (diuretiklar) , peshob haydovchi dorilar — organizmdan siydik chiqarilishini kuchaytiradigan dorilar. Siydik haydovchi dorilar toʻqima va tana boʻshligʻidagi suyuk/shk mikdorini kamaytiradi, shuning uchun ular organizmda suv goʻplanib shish paydo qiladigan ayrim yurak, buyrak va jigar kasalliklarida hamda qon bosimini tushirishda qoʻllanadi.
Siydik haydovchi dorilar siydik hosil boʻlishiga taʼsir koʻrsatib diurezni oshiradi. Taʼsir qilish mexanizmiga koʻra, ularni 2 guruhga boʻlish mumkin:
1) bevosita buyrakning siydik hosil qiluvchi vazifasiga taʼsir koʻrsatuvchi;
2) siydik hosil boʻlishining gormonal nazoratiga taʼsir koʻrsatuvchi.
Birinchi guruhga mansub dori vositalari buyrak naylari epiteliysiga taʼsir koʻrsatib, ularning reabsorbsiya qilish (qayta soʻrilish) vazifasini susaytiradi yoki naychalar ichidagi osmotik bosimni oshiradi, natijada natriy, xlor, kaliy ionlari va u bilan bogʻliq suvning reabsorbsiyasi kamayadi (dixlotiazid, klopamid, furosemid, etakrin kislotasi, mannit, mochevina va b.).
Ikkinchi guruhga mansub dori vositalari atdosteronning antagonisti hisoblanadi (spironolakton). Buyrak usti bezining gormoni — aldosteron natriy ionlarining qayta soʻrilishini va kaliy ionlarining sekretsiyasini boshqaradi. Spironolakton esa buyrak nefronlariga aldosteronga karaganda qaramaqarshi taʼsir koʻrsatadi, yaʼni gormon taʼsir qiluvchi retseptorlarni toʻsib, siydik bilan natriy, xlor ionlari va shunga mos mikdordagi suvning chiqib ketishini taʼminlaydi.
Har xil oʻsimliklar (boʻtakoʻz, dalachoy, limonoʻt, sariqchoy, togʻrayxon, qariqiz, chuchukmiya va b.) tarkibiga kiruvchi moddalar ham siydik haydovchi vosita sifatida qaynatma yoki damlama shaklida azaldan xalq tabobatida qoʻllanib kelingan. Bundan (behi, tarvuz, piyoz, sarimsoq, uzum va b.) tashqari, maʼlum bir mevasabzavotlar ham shunday xossaga ega Siydik haydovchi dorilarni qabul kilganda siydik bilan boshqa ionlar (xlor, kaliy ionlari) xam tashqariga koʻp chiqib ketadi, bu — organizm baʼzi funksiyalarining buzilishiga sabab boʻlishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida Siydik haydovchi dorilar bilan davolashda tarkibida kaliy koʻp boʻlgan oʻrik, sabzi va b. ni ham isteʼmol qilish buyuriladi.
Siydik haydovchi dorilarni faqat vrach koʻrsatmasiga koʻra qoʻllash lozim, chunki bu dorilarning bir qancha nojoʻya taʼsirlari mavjud (gipo va giperkaliyemiya, giperurikemiya, alkaloz, atsidoz, yurak aritmiyalari, ginekomastiya, allergik reaksiyalar, nefrotoksiklik va b.).