SITSILIYA

SITSILIYA — Oʻrta dengizdagi eng yirik orol, Italiya tarkibida. Mayd. 25,4 ming km2. Apennin ya. o. dan jan. da joylashgan, undan Messina boʻgʻozi bilan ajralgan. Qirgʻoklari tik, kam parchalangan. Relyefi togʻ va qirlardan iborat. Sitsiliyada Yevropada eng baland harakatdagi Etna vulkani (3340 m) va bir nechta soʻngan vulkanlar bor. Sharqiy va gʻarbiy sohil qismi akkumulyativ tekislik. Teztez zilzila boʻlib turadi. Oltingugurt, neft, gaz va b. foydali qazilma konlari topilgan. Iklimi subtropik, Oʻrta dengizga xos iqlim. Sohilboʻyi tekisliklarda oʻrtacha tra yanv. da 11 — 12°, iyulda 27—28°, togʻlarda 4—8° va 20—24°. Etna choʻqqisida yilning 9 oyida qor saqlanadi. Tekisliklarda yillik yogʻin 400—600 mm, togʻlarda 1200—1400 mm. Tuproqlari togʻ jigarrang va qizil tuproq. Tabiiy oʻsimliklari deyarli qolmagan. Makvis chakalakzorlari va oʻrmonlar uchraydi. Sitsiliya qadimda yunon madaniyati markazlaridan biri edi. Ilk oʻrta asrlarda Sitsiliya vandallar (5-a.), ostgotlar (6-a.), Vizantiya (535-y. dan), arablar (9-a.), 11-a. da normannlar qoʻl ostida boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x