SISTA (yun. — pufak) — koʻpchilik bir hujayrali organizmlarning vaqtinchalik yashash shakli; muhofaza qobigʻi. Bir qujayrali hayvonlar (ayrim xivchinlilar, soxta oyoqlilar, sporalilar, infuzoriyalar)da tinim davri va koʻpayish S. si boʻladi. Tinim davri Sistasi noqulay sharoit (qurgʻoqchilik, sovuq)da hosil boʻladi. Parazit bir hujayralilar S. si ularni tashqi muhit orqali bir organizmdan ikkinchisiga oʻtishini taʼminlaydi. Bunday Sista bir necha yil saklanib krladi. Koʻpayish Sistasi qisqa vaqt davomida hosil boʻladi; bu vaqt davomida sista ichidagi organizm boʻlinib, bir necha organizmni hosil qiladi.
Oʻsimliklar va zamburugʻlarda Sista koʻpchilik bir hujayrali suvoʻtlar (peridinen xrizomonadlar, evglenalar va b.) da hamda xitridiyevsimon zamburugʻlarda bor. S. hujayra devori qalinlashuvi natijasida, koʻpincha ob-havo yomonlashganda hosil boʻladi. Qulay sharoit boʻlishi b-n sista pusti yorilib, organizm oʻsa boshlaydi.
Bakteriyalarda Sista grammanfiy bakteriyalar (azotobakter, spiroxetalar va b.)ning anabiotik davrga utishi bilan bogʻliq. Bakteriyalar Sista sining hujayra devori kalinlashgan; radiatsiya va qurgʻoqchilikka chidamli. «Sista» termini mikrobakteriyalar mevali tanasi maxsus qismi — miksosporalar toʻplamiga nisbatan ham qoʻllanadi (yana q. Bakteriyalar, Bir hujayralilar).