SIRROZ

SIRROZ (yun. Yggpoz — sargʻish, malla rang) — parenximatoz aʼzolar (jigar, oʻpka, buyrak va b.) biriktiruvchi toʻqimalarining zoʻr berib oʻsishi oqibatida chandiqlanib bujmayishi va shaklining oʻzgarishi. Jigar sirrozi koʻproq uchraydi. Aslida Sirroz nomi ham kasallangan jigarning sargʻish tusga kirishidan olingan. Buyrak (nefrotsirroz), oʻpka (pnevmotsirroz) va b. aʼzolar ham Sirroz b-n kasallanadi. Sirroz yuqumli kasalliklar, intoksikatsiya, moddalar almashinuvining buzilishi, turli xil yalligʻlanish oqibatida kelib chiqadi. Sirroz boʻlgan aʼzoda distrofik oʻzgarishlar (q. Distrofiya) va nekroz (toʻqimaning oʻlishi) paydo boʻladi. Parenxima oʻlgan joyda biriktiruvchi toʻqima oʻsib, chandiqlanadi, betartib regeneratsiya oʻchoklari hosil boʻladi. Aʼzo, odatda kichrayib (kattalashuvi ham mumkin), qattiqlashadi va yuzasi gʻadir-budur boʻlib qoladi (yana q. Skleroz).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x