SIPOHIY

SIPOHIY, sipoh (forsjangchi, askar) —1) Saljuqiylar saltanatida uncha katta boʻlmagan mulkka egalik qilgan, erkin mulkdor otliq qoʻshin vakili;

2) Usmonli turk imperiyasi armiyasida aniq shartnoma asosida harbiy xizmatni oʻtovchi shaxs. S xizmati evaziga yer — timar berilgan. 14—16-a. larda Sipohiylar turk armiyasining asosiy qismini tashkil qilgan. Turk Sipohiysi jangga toʻqmoq, oybolta, ikki qilich, nayza va oʻqyoy bilan otlangan. 17-a. soʻngida Sipohiy Damashq poʻlatidan yasalgan zirh va dubulgʻa bilan taʼminlangan;

3) Eron, Oʻrta Osiyo xonliklarida suvoriy askar. Amir Temur, Bobur qoʻshinida Sipohiy termini faol qoʻllangan. Oʻrta asrlarda qishloq va shaharlarda harbiy soliqni undiruvchi kichik mansabdor ham Sipohiy deb atalgan. Hozir Eronda maorif va sogʻliqni saqlash masalalari b-n shugʻullanuvchi yarim harbiy korpus aʼzosi;

4) 18-a. oʻrtalari — 20-a. ning 40y. larida Hindistondagi yollanma askar. Sipohiylar mustamlakachilar qoʻshiniga mahalliy aholi safidan jalb qilingan. Inglizlar S. lardan Hindistonni mustamlaka qilishda keng foydalangan. 1857—59 y. lar boʻlgan Xindiston xalq qoʻzgʻoloiida Sipohiylar ham ishtirok etganligi bois bu qoʻzgʻolon sipohiylar koʻzgʻoloni deb nomlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x