SINXRONIYA

SINXRONIYA (yun. synchronos bir vaqtli, bir davrli) — 1) bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan, oʻzaro boglik, va alokador unsurlar tizimi boʻlgan tilning (yoki boshqa biror ijtimoiygumanitar fanning) muayyan rivojlanish davridagi holati; til rivojlanishi jarayonida muayyan oʻzgarishlarning mavjudligi yoki ularning ahamiyatsiz ekanligi belgisi asosida ajratilgan davr;

2) tilni koʻrsatilgan holagda, yaʼni davr, vakt omili va lisoniy oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlmagan holda tekshiriladigan aniq munosabatlar tizimi sifatida oʻrganish. Sinxroniya yordamida tilning nafaqat xoz. davri, balki oʻtmishdagi davrlari ham alohida oʻrganilishi mumkin. Mac, oʻzbek adabiy tilidagi unlilar tizimini 15-a. ning yoki 20-a. ning oʻzidagi ahvolini alohida, birbiriga qiyoslamay tadqiq etish Sinxroniya dir.

Sinxroniya tushunchasi diaxroniya tushunchasi b-n birga, unga qaramaqarshi qoʻyilgan holda fransuz tilshunosi F. de Sossyur tomonidan fanga kiritilgan. Bu tushunchalarning Sossyur boʻyicha oʻzaro farklanishi, birbiridan ajratilishi statika b-n dinamikaning, til bilan nutqning, sistemalilik bilan sistemasizlikning, fonetika bilan grammatikaning qaramaqarshi qoʻyilishiga muvofiq boʻladi. Lekin modomiki til oʻz tabiatiga koʻra, doim xarakatdagi, oʻzgarishdagi obyekt sifatida tavsiflanar ekan, dinamika tilning har qanday mavjudlik davrida, jumladan, Sinxroniyada tilning ajralmas qismi boʻlib qoladi, binobarin, Sinxroniyada diaxroniya unsurlari ham uchrashi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x