SINXAY — Xitoyning shim.gʻarbiy qismidagi provinsiya. Mayd. 721 ming km2. Aholisi 5,03 mln. kishi (1999), aksari qismi xitoylar, shuningdek, tibet, dungan, qozoklar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Sinin sh. Yer yuzasi, asosan, togʻ va tekisliklardan iborat. Saydam soyligi shimdan Nanshan va Oltintogʻ, jan. dan Kunыgun togʻlari bilan oʻralgan. Ja-nubrokda Tibet togʻligining shim.-sharqiy kismlari joylashgan. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq va yozi salqin. Yillik yogʻin 300—500 mm. Yanszi, Xuanxe, Mekong daryolarining boshlanish qismlari Sinxay hududida. Koʻl koʻp, eng yirigi — Kukunor. S. — Xitoyning iqtisodiy jihatdan kamroq rivojlangan provinsiyasi. Q. x. da yaylov chorvachiligi yetakchi. Asosan, qoʻy va echki boqiladi. Chorva-chilikning asosiy mahsuloti — jun va goʻsht. Dehqonchilik b-n daryo vodiylarida shugʻullaniladi. Donli ekinlar, shuningdek, raps, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. Neft, toshtuz, qoʻrgoshin va rux rudalari konlari topilgan. Neftni qayta ishlash z-dlari, metallurgiya va mashinasozlik sanoati, q. x. mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari mavjud. Qadimda provinsiya hududida jun, keyinroqtufon qabilalari yashagan. 1417-a. larda moʻgʻullar qoʻl ostida boʻlgan. 18-a. ning 20-y. larida Xitoy nazorati ostiga oʻtgan. 1928-y. dan Xitoyning Sinxay provinsiyasi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые