SINGAL TILI

SINGAL TILIhind (hindoriy) tillaridan biri, Shri Lanka Respublikasining davlat tili. Soʻzlashuvchilar 12 mln. kishidan ortiq. Singal tilining adabiy va soʻzlashuv shayuglarida jiddiy farq bor. Urgʻu soʻzning birinchi boʻgʻiniga tushadi, singarmonizmga moyillik bor. Morfologik tuzilishida agglyutinatsiya va yangi fleksiyaning aniq belgilari mavjud. Adabiy tilda feʼlning shaxs, son, jins (umumiy va muannas), zamon, oʻtimlilikoʻtimsizlik kategoriyalari mavjud. Gapda soʻzlarning muayyan tartibi bor. Ogʻzaki nutkda otgagshar koʻproq ishlatiladi. Leksikasida sanskrit, tamil, ingliz, portugal, malayya, arab, fors va b. tillardan oʻtgan soʻzlar koʻpchilikni tashkil etadi. Hoz. St. jan. hind yozuvlaridan biri — granthi alifbosidan foydalanadi. Mil. av. 3-a. ga mansub kryatosh yozuvlari Singal tilining engqad. yodnomalaridir. 13-a. da Singal tilining klassik grammatikasi yaratilgan. St. ning yangi adabiy shakli jonli soʻzlashuv tili asosida shakllanmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x