Sinf rahbari qanday mezonlarga asosan tayinlanadi?

Sinf rahbari o‘qituvchilar orasidan ta’lim muassasasi direktori tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Sinf rahbari etib tayinlanayotgan xodim kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi hamda maktabda to‘liq stavkada asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan bo‘lishi lozim.

Boshlang‘ich sinfda asosiy (o‘qish, ona tili, matematika) fanlardan dars beradigan o‘qituvchi sinf rahbari hisoblanadi.

Yuqori sinflarda sinf rahbarlik avvalambor sinfdagi o‘quvchilari guruhlarga bo‘linib o‘qitilmaydigan fan o‘qituvchilariga, keyingi navbatda sinfdagi o‘quvchilari guruhlarga bo‘linib o‘qitiladigan (ixtisoslashgan fanlar, jismoniy tarbiya, texnologiya, chet tili, rus tili, o‘zbek tili, informatika va axborot texnologiyalari) fani o‘qituvchilariga biriktiriladi.

Boshlang‘ich sinfga tayinlangan sinf rahbari 1-sinfdan boshlab 4-sinfgacha o‘quvchilarga yagona rahbar hisoblanadi. Xuddi shunday tartib 5-sinfdan 11-sinfga qadar ham qo‘llaniladi.

Bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, sinf rahbari bo‘lishi mumkin emas.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 22 fevral kuni 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Sinf rahbarlari faoliyatini tashkil to‘g‘risida»gi nizom hamda XTVning 2021 yil 1 martdagi 52-sonli buyrug‘i.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x