SINEKLIZA (yun. syn — birga va enrlisis — egilish) — platformalarga mansub botiq struktura. Yer poʻstining asosiy elementlaridan biri. Sinekliza kanotlarida qatlamlar kam qiyalikda yotadi. Mazkur qatlamlarni hosil etuvchi geologik formatsiyalarning asosan, choʻkindi va, baʼzan, vulkanogen — choʻkindi jinslardan iboratligi Sineklizaning ikkinchi belgisidir. Qatlamlarning kalinligi uning kanotlaridan (1 — 3 km) markaz qismiga ortib boradi. Koʻndalang oʻlchamlari yuzlab km ni tashkil etadi va bir oz choʻzinchoq yoki izometrik shaklga ega. Ukraina, Boltiq, Tungus, Moskva S. lari mazkur strukturaning tipik vakillaridir (yana q. Anteyushza).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые