SINDIKAT (lot. sindicatus — ishonchli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi. Mahsulotni yagona savdo tarmogʻi orqali birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. Sindikat taʼsis etgan umumiy savdo shirkati Sindikatning har bir aʼzosi bilan savdosotiq toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Banklar ham Sindikat tashkil etishlari mumkin. Bank Si aʼzolari guruhning har qanday aʼzosi chiqargan qimmatli qogʻozlarni sotib oladi;
2) investitsiya dilerlari guruhi; investorlar oʻrtasida tarqatish uchun qimmatli qogʻozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga rozilik bildirganlaridan keyin Sindikat tuzilgan hisoblanadi.