SIN SHIXUANDI, In Chjen (mil. av. 259—210) — Sin saltanati podshosi (mil. av. 246 — 221), Xitoy imperatori (mil. av. 221—210). Sin hukmdorlari xonadoniga mansub boʻlgan. Xitoydagi oltita podsholikni bosib olib, mil. av. 221-y. yagona markazlashgan Sin imperiyasini barpo etgan va oʻzini birinchi Xitoy imperatori — S. Sh. deb eʼlon qilgan. Uning davrida, mil. av. 215/214-y. Buyuk Xitoy devorini ilgari mavjud boʻlgan chegara istehkomlari bilan yaxlit holga keltirish jarayoni boshlangan. Sin Shixuandi qoʻlida qonun chiqarish, oliy ijroiya va sud hokimiyati toʻplangan. Oʻz hokimiyatiga nisbatan har qanday tankidiy munosabatlarga barxam berish maqsadida mil. av. 213-y. xususiy shaxslar qoʻlida saqlanayotgan gumanitar adabiyotlarni yoqish haqida farmon chiqargan. 212-y. S. Sh. imperator hokimiyatiga qarshi xalqni koʻtarmoqchi boʻlgan 460 ta konfutsiy dini arboblarini qatl ettirgan. Sin Shixuandi davrida zulm kuchaygan, uning vafo-tidan soʻng xalq qoʻzgʻolonlari koʻtarilib Sin imperiyasi barham topgan. Imperator hoz. Sian yaqinidagi dafn etilgan yeri bilan shuhrat qozongan; maqbarani 700 ming asir-qul barpo etgan. Sin Shixuandi oʻlimidan soʻng ham harbiy kuchga tayanish uchun 6 ming jangchisi va otlarning boʻy baravar kat-talikdagi haykallarini yasashni buyurgan. Sin Shixuandi vafot etganida barcha haykallar ham u bilan qoʻshib koʻmilgan. 1974-y. S. Sh. dafn etilgan joydan jangchilar va otlarning boʻy baravar kattalikda ishlangan terrakota haykallari (mil. av. taxm. 210-y.) topilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые