SIMPLAST

SIMPLAST (yun. syn — birgalikda va plastos — yasalgan, tashkil etilgan) — 1) hay vonl arda — toʻqimada hujayralar orasidagi chegaraning yoʻqolib, yadroning butunlay sitoplazmada joylashishi. Simplast tuzshtishi koʻndalang chiziqli muskul tolalari, ayrim infuzoriyalar, bir qancha hasharotlar embrional rivojlanishining dastlabki davrlari uchun xos. Ayrim toʻqimalar (mas, mollyuskalar va hasharotlar ichagi epiteliysi) ovqat hazm qilishning har xil davrlarida hujayraviy yoki Simplast tuzil ishga ega boʻladi. Simplast hujayralarning birbiri bilan qoʻshilib ketishi yoki yadrosi boʻlinib, hujayraning boʻlinmasligi (sitotomiya) tufayli yuzaga keladi;

2) oʻsimliklarda — hujayraviy tuzilishga ega boʻlgan koʻp yadroli protoplast; oʻzaro qoʻshilib ketgan xujayralar protoplazmasi; protoplazmatik ipchalar yordamida oʻzaro tutashgan protoplastlar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x