SILVIN (yun. Sylvius) — xloridlar sinfiga mansub mineral, KO. Tarkibida kaliy miqdori 52,48%. Qattikdigi 2; zichligi qariyb 2 g/sm3. Kub singoniyada kristallanadi, agregatlari donali, yirik kristalli va parallel tolali. Kristallari, odatda, rangsiz, qizil moviy, sariq shishasimon yaltiroq boʻlib, tarkibidagi qoʻshimchalarga qarab rangi oʻzgaradi. Donador massadan iborat. Issiklikni yaxshi utkazadi, suvda eriydi, gigroskopik, mazasi taxirshoʻr. Tuz konlarida galit, karnallit va b. kompleks tuz minerallari bilan birga uchraydi. Evaporit havzalarida galogenez bosqichida kimyoviy choʻkmaga oʻtish orqali hosil boʻladi. Shaffof kristallari optik priborlarda ishlatiladi. Silvin — kaliy rudasi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые