SILUR DAVRI (SISTEMASI), silur (Buyuk Britaniyaning Uels viloyatida yashagan qad. kelt qabilasi — sshturlar nomidan) — Yer geologik tarixi paleozoy erasining uchinchi davri. Ordovik davridan keyin, devon davridan oldin oʻtgan. Radiologik usullar bilan aniqlanishicha, Silur davri bundan 435+5 mln. yil avval boshlanib, taxm. 25±8,5 mln. yil davom etgan. Silur davri yotqiziklari Antarktidadan tashqari barcha materiklarda maʼlum. Klassik kesmalari Buyuk Britaniya, Chexiya, Shvetsiya, Marokash, Shim. Amerika, Ural, Sibir, Oʻrta Osiyo, Oltoy va Tuvada oʻrganilgan. Silur davrida Yer pusti tuzilishida kembriy va ordovik davrlaridagidek bu davrda xam nisbatan barqaror yirik platformalar (Sharqiy Yevropa, Afrika, Xitoy, Sibir va Shim. Amerika platformalari) boʻlgan. Kontinentlar bilan dengizlarning oʻzaro joylashuvi deyarli ordovik davridagidek boʻlgan. Eng yirik quruklik — Gondvana materigi xoz. Afrika hududining katta qismi, Arabiston ya. o., llandoveri va venlok yaruslarini oʻz ichiga olgan Hindiston, Antarktida va Braziliyani egallagan. Shim. Amerika va Yevrosiyoda quruklikning kichik massivlari — Grenlandiya, Boltiqboʻyi hududlari va Angara (Rossiyaning Osiyo qismida) joylashgan boʻlib, regressiya va transgressiyalar natijasida Silur davrida ularning shakli oʻzgarib turgan. Materiklar relyefi tekis boʻlgan. Silur davri boshlarida geokratik rejim soʻngan, yer yuzasi choʻkib, global dengiz transgressiyalari roʻy bergan. Platforma plitalari notekis choʻkkan. Geosinklinal zonalarda tektonik harakatlar boʻlib turgan. Quruklikning yuvilishi natijasida terrigen yotqiziklar toʻplana borgan. Silur davrida geosinklinal taraqqiyot orogen harakatlar bilan almashgan joylarda molass yotqiziklari koʻp boʻlgan. Suv ostidagi vulkanlar otilishi natijasida geosinklinal dengizlar tubi lavalar, vulkan brekchiyalari va tuflar b-n qoplangan. Suv ostidagi vulkan otilishlarida kremniygilli loy (balchiq) lar toʻplanib, effuziv jinslar bilan birgalikda choʻkindivulkanogen formatsiyalarni hosil qilgan.
Silur davri iqlimi. Silur davri boshlarida Yerda kechki ordovik muzlanish davrining taʼsiri bilinib, bir muncha salqin iqlim boʻlgan. Keyinchalik muzliklarning erishi va spreding jarayonlarini boshlanishi, global transgressiyaning rivojlanishi hamda iqlimni ilishiga olib kelgan. Silur davri yotqizikdarida xilmaxil chigʻanokdi faunaning koʻp tarqalganligi va dengizlarda riflarning koʻpligi llandoveri oxiri — venlokning boshidan shunday iliq iqlimning dalilidir.
Organik dunyosi. Silur davri boshlarida umurtqasiz organizmlarning barcha asosiy sinflari shakllangan va sodda umurtqalilar paydo boʻlgan. Transgressiyalar natijasida xilma xil faunalarning koʻpayishi va keng tarqalishiga qulay sharoit boʻlgan. Epikontinental sayoz dengizlar va geosinklinal suv havzalarining shelf qismlari chigʻanoqli va marjonpolipli faunaga boy boʻlgan. Shelf biotsenozlari tarkibida qorinoyokli va ikki tavaqali mollyuskalar boʻlgan, tentakulitlar, boʻgʻimoyoklilar ham yashagan. Shelfning sayoz zonalarida turlituman marjonpoliplar, gidroidpoliplar, dengiz nilufarlari, suvoʻtlar joylashgan. Tabulyatlar, geliolitoideyalar va rugozalar juda taraqqiy etgan. Ignatanlilardan dengiz nilufarlari bilan dengiz pufakchalari keng tarqalgan. Silur havzalarining pelagial zonlarida faptolitlar yashagan. Ularning juda koʻp qoldiqlari, asosan, yupqa balchiqlarda saqlanib krlgan boʻlib, qora, kremniygilli slaneslardan iborat Silur davri formatsiyasini hosil qiladi; bu formatsiya butun dunyo burmali oblastlari uchun xos boʻlgan yotqiziqlar hisoblanadi. Silur davrida umurtqali hayvonlarning ikki guruhi — jagsizlar va baliklar vujudga kelgan. Silur davri oxirlarida quruklik sohillarida oʻsgan dastlabki flora psilofitlar — oʻtsimon oʻsimliklar taraqqiy etgan. Ularning izlari Buyuk Britaniya, Chexiya, Ukraina (Podoliya) va Qozogʻistonda yuqori silur yotqiziklarida topilgan.
Oʻrta Osiyoda Silur davri yotqiziqlari keng tarqalgan. Oʻrta Tyanshan, Boʻkantogʻ, Chatqol, Qurama togʻlarida bu davrga mansub yotqiziqlar bor. Ular, asosan, kulrangkoʻkimtir alevrolit, argellit va slanes jinslaridan tuzilgan boʻlib, qalinligi 600—800 m. Jan. Tyanshan, Hisor, Olay, Turkiston, Zarafshon, Tomdi, Sulton Uvays togʻlaridagi Silur davri yotqiziklari quyi (llandoveri va venlok yaruslari) va yuqori boʻlimlarga boʻlinadi. Llandoveri yarusiga oid jinslar Olay, Turkiston togʻlarida turli polimikt qumtosh, alevrolit, qora uglerodli gil, argillit, seritsitgilli, seritsitkremniyli slaneslardan tarkib topgan. Nurota togʻlaridagi llandoveri yarusi jinslari qalinligi 700—800 m. Zarafshon, Zirabuloq—Ziyovuddin togʻlarida bu yarus yotqiziqlari slanes va mergel, dolomit, ohaktoshlardan tuzilgan, qalinligi 300—900 m. Venlok yarusining yuqori qismi qumtosh, alevrolit jinslaridan iborat, qalinligi 180—220 m.
Foydali qazilmalari. Silur davri yotqiziqlarida turli muhim foydali kazilmalar uchraydi. Ural va Norvegiyadagi chukishshvulkanogen jinslarda mis kolchedan rudalari bor. Jan. Ural va Osiyodagi kremniili katlamlarda marganes va fosforit konlari uchraydi. AQSHda (NyuYork va Alabama shtatlarida) temir rudalari, gips va tuzlar qazib olinmoqda. Oʻzbekiston hududida regional metamorfizmdan oʻzgargan. Silur davri yotqiziqlari bagʻrida koʻplab oltinkumush (Nurota, Tomdi, Ovminzatogʻ, Boʻkantogʻ va b. togʻlar) konlari; ushbu yotkizyQlar granitoid intruziyalari bilan yorib chiqilgan chegaradosh (kontakt) metasomatiklarida esa volfram (Ingichka, Langar, Quytosh va h. k.) konlari; Hisor, ZirabuloqZiyovuddin togʻlarida noyob va nodir metallar namoyonlari maʼlum.