SILIKAT KISLOTALAR, kremniy kislotalar — silikat angidrid (SiO2)ning suvli hosilalari. Umumiy formulasi nSiO2MH2OSiO2H2O yoki (H2SiO,)2 — metasil ikat kislota, SiO22H2O yoki H4SiO4 — ortosilikat kislota, 2SiO,3H2O yoki H6Si207 — pirosilikat kislota, disilikat H2Si205 va H10Si2O9 hamda polisilikat kislotalar maʼlum. Silikat kislotalar suv bilan kolloid eritma hosil qiladi. Juda kuchsiz boʻlib, qizdirilganda suv va silikat angidridga ajraladi. Metall silikatlarga xlorid kislota yoki ammoniy xlorid taʼsir ettirish yoki kremniy (IV) xlorid SiCl4 ni gidrolizlash yoʻli bilan olinadi. Silikat kislotalar gellari bugʻ, yogʻ, neft va b. moddalarni tozalashda adsorbent sifatida ishlatiladi, tarkibida 2 va undan ortiq kremniy atomi tutgan Silikat kislotalar polisilikat kislotalar deb ataladi. Silikat kislotalar zollari adsorbentlar, kvars shishasi olishda xom ashyo, sanoat qurilmalarida bugʻ va gazlarni yutuvchi modda, suv va mineral moylarni tozalashda filtr sifatida qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые