SIKLOPLAR

SIKLOPLAR (Cyclopoida) — eshkak oyoqli qisqichbaqalar kenja turkumi. Uz. 1—8 mm. Bitta naupleus koʻzi bor (nomi shundan). Urgʻochisida 2 ta tuxum xaltasi boʻladi. 250 dan ortiq turi, asosan, chuchuk suvlarda tarqalgan. Koʻpchiligi suv tubida yoki suv tubiga yaqin qatlamda, suvoʻtlar orasi-da, baʼzan planktonda yashaydi. Ayrim dengiz S. i nur taratadi. Koʻpchiligi yirtqich, mayda umurtqasizlar, hatto baliq chavoqlari bilan oziqlanadi; ayrimlari oʻsimlikxoʻr. Bir qancha turlari baliklar va umurtqasiz hayvonlar paraziti, ayrim turlari parazit chuvalchanglar (keng tasmasimon, rishta) oraliq xoʻjayini. Sikloplar — koʻpchilik baliqlar uchun oziq.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x