SIKLOIDA

SIKLOIDA (yun. kykloeides — doira-simon) — tekislikda bir toʻgʻri chiziq boʻylab sirpanmay gʻildirovchi aylanadagi nuqta chizadigan yassi egri chiziq. Aynala Sikloidaning yasovchisi deb ataladi. Nuqga aylananing oʻzida yotsa, od-diy Sikloida, aylana ichida yotsa, qisqartirilgan Sikloida, aylana tashqarisida yotsa, uzaytirilgan Sikloida hosil boʻladi. Mas, qordan yasalgan tepalik sirt S. shaklida boʻlsa, undan tez sirpanib tushiladi. Sikloida sirtida tebranib harakatlanayotgan ogʻir sharchaning tebranish davri uning amplitudasiga bogʻliq boʻlmaydi. Bu xossadan foydalanib X. Gyuygens mayatnikli soat yasagan. Sikloidaga doyr dastlabki tadqiqotlarni 16-a. da G. Galiley olib borgan. Keyinchalik R. Dekart, B. Paskal ham S. bilan shugʻullanishgan. Sikloida texnika va mexanizmlar nazariyasida qoʻllanadi.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x