SIFATLASH

SIFATLASH, epitet — stilistika va poetika termini; antik davrdan maʼlum badiiytasviriy vositalardan. Narsa va xrdisalarga, tushuncha va h. k. ga xos xususiyatlarni obrazli tavsiflash. Aksariyat sifat, shuningdek, ravish, ot, son, feʼl vositasida ifodalanadi (mas, zar doʻppi, qutlugʻ kun, hovliqib gapirdi kabi). Sifatlash gapni, iborani shunchaki bez*ash vositasi emas, balki u mazmun b-n aloqador boʻlib, nutqning mantiqiy, psixologik, lingvistik, adabiy va b. jihatlarida namoyon boʻladi. Predmetni uning boshqa turlaridan ajratib koʻrsatuvchi («murgʻak sheʼr» kabi) oddiy mantiqiy taʼrifdan farq qilib, Sifatlash predmetning yo bironbir xususiyatini ajratib koʻrsatadi («chetan arava») yoki istiorali epitet sifatida unga boshqa bir predmetga xos xususiyatni koʻchiradi («kumush qish», «zumrad bahor», «uchqur ot» kabi). Xalq ogzaki poetik ijodida sodda va doimiy Slar koʻp qoʻllaniladi («pahlavon yigit», «choʻri qiz», «uchar gilam» kabi). Sharq va, jumladan, oʻzbek mumtoz adabiyotida ham ayrim Slar («bodomkrvoq», «pistadahan», «sarvqomat» kabi) koʻp takrorlanib, doimo uchrashi oqibatida qoʻshma sifatlarga — murakkab Slarga aylanib ketgan («bodomqovoq qiz», «sarvqomat juvon» kabi). Adabiy-tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichiga xos Slar boʻladi. Slar tizimida muayyan adabiy davrning, yoʻnalishning, yozuvchining uslubi oʻz aksini topadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x