SICHUAN SOYLIGI

SICHUAN SOYLIGI, Qizil havza — Xitoydagi soylik, asosan, Yanszi daryosi oʻrta oqimining chap sohilida. Mayd. 200 ming km2. Bal. 400 — 500 m (chekka qismi 1000 m gacha). Qizil rangli qumtoshlar va b. choʻkindi jinslarning qalin qatlami bilan toʻlgan. Kumir va tosh tuzi konlari bor. Jan. ga qaragan zinapoyasimon amfiteatr koʻrinishida. Iklimi subtropik mussonli iqlim, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10°, iyulniki 29°. Yillik yogʻin 800 — 1750 mm. Atrofidagi togʻlar yon bagʻirlari keng bargli va igna bargli oʻrmonlar bilan qrplangan. Qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Mamlakatning muhim q. x. rayoni (sholi, bugʻdoy, choy, tamaki, sitrus mevalar ekiladi). Yirik shaharlari — Chunsin, Chendu.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x