ShYAULYAY

ShYAULYAY (1795-yilgacha Saule, 1917-yilgacha rasmiy nomi Shavli) — Litvadagi shahar (1569-yildan). T. y. chorrahasi. Aholisi 146,5 ming kishi (2000). Shahar 15-asrdan maʼlum. Yirik korxonalari: velosiped, televizor, stanoksozlik, elektr konstruksiyalar ishlab chiqarish, shina taʼmirlash, koʻn zdlari; oziqovqat sanoati (goʻsht, sut, nonmakaron, pivo ktlari) korxonalari, uysozlik kti, trikotaj, koʻnattorlik, notoʻqima materiallar fkalari, qandolat, koʻnpoyabzal, mebel ishlab chiqarish birlashmalari ishlab turibdi. Ped. inti, teatr, «Aushra» tarixetnografiya muzeyi, fotografiya muzeyi mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan Uygʻonish davri Pyatro ir Povilo kostyoli (1595 — 1625) saklangan. 1976-yilda shahar markazida piyoda yurib sayr qilinadigan zona tashkil qilingan. Jamoat binolaridan Madaniyat saroyi va boshqalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x