SHUXOV Vladimir Grigoryevich [1853.16(28).8, hoz. Belgorod viloyati, Grayvoron shahri — 1939.2.2, Moskva] — rus muhandisi, olim. Faxriy akad. (1929). Mehnat Qahramoni (1932). Moskva Oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1876). Neft sanoati texnikasi, qurilish ishlariga doir muhim asarlar muallifi. Texnikaning turli sohalariga oid ilmiy asarlari, loyihalagan inshootlari bilan fan va texnika rivojiga katta hissa qoʻshgan. Shuxov loyihasi bilan (meʼmor M. F. Mauyer va Shuxov rahbarligida) Samarqanddagi Ulugʻbek madrasasining ogʻib qulay yozgan minorasi tiklangan (1932).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые