SHUTURKAT

SHUTURKAT, Ushturkat Choch (Toshkent) viloyati hududida qad koʻtargan oʻrta asrlar (6—8, 9—13-asrlar boshlari)ga mansub savdo shahri xarobalari va arxeologiya yodgorligi. Shuturkat xarobalari Eski Toshkentda Chirchiq daryosining oʻng sohilida «Paxta» t. y. bekati yaqinida yastangan. Maydoni ilk oʻrta (6—8) asrlarda taxm. 20 ga, 9 — 13-asr boshlarida esa qariyb 200 ga ga teng boʻlgan. Xarobaning bir qismini Chirchiq daryosi va Kurkulduk suvi yuvib ketgan. Shuturkat yodgorligi 1934-yilda G. V. Grigoryev tomonidan oʻrganilgan.

Shuturkat toponimi «Tuyadek katta», «Tuya karvoni choʻkadigan ulkan shahar» maʼnolarini anglatgan. 10-asr arab geografi Ibn Havqalning yozishicha, Shuturkat Shosh viloyatida uning poytaxti Binkatdan keyin 3-oʻrinni egallagan. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda uning xarobalari Chirchiq daryosining oʻng sohilida daryo kechuvidan yuqoriroqda joylashgan. Uning hududi sohil boʻylab qariyb 8 chaqirim (1 chaqirim — 1,06 km) gʻarbga, dasht tomon 2—3 chaqirimga choʻzilgan. Muqaddasiyning taʼriflashicha, shahar istehkomli boʻlib, unda usti tim shaklida yopilgan bozori boʻlgan. Shuturkat bilan Binkat oraligʻi bir kunlik yoʻl boʻlib, bu oraligʻda Danfagʻon — 2 farsax, Bonukat (Xudaynkat) — 3 farsax, Bonukatdan Binkatgacha — 2 farsax, shu masofada Zaldikat kabi shaharlar oʻrin olgan. Shuturkatdan quyiroqda esa Jinojjat (Chinochkat) shahri qad koʻtargan. Sugʻd va Choch karvon yoʻli ustida barpo etilgan Shuturkat bu 2 mintaqalararo savdoda karvonlar toʻxtaladigan yirik savdo maskani sifatida muhim ahamiyatga ega tuyakashlar shahri hisoblangan.

Unda koʻplab sopol, shisha idishlar, pishiqgʻishtlar (aksariyati 10—12-asrlarga mansub) va boshqalar buyumlar topilgan.

Abdulahad Muhammadjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x