SHUKSHIN Vasiliy Makarovich (1929.25.7, Oltoy oʻlkasi Biysk tumani Srostki qishlogʻi — 1974.2.10, Volgogrod viloyati Kletsk qishlogʻi; Moskvaga dafn qilingan) — rus yozuvchisi, kinorejissyor, ssenarist. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969).. Dastlabki hikoyalar toʻplami — «Qishloq odamlari» (1963). 1964-yilda Shukshin ssenariysi asosida «Shunday yigit yashaydi» filmi suratga olingan va ushbu kartina Venetsiyada boʻlib oʻtgan 16Xalqaro kinoforumda «Oltin sher» mukofotiga sazovor boʻlgan. Shukshinning «Lyubavinlar» (1965) romani, shu roman asosida ishlangan «Lyubavinlarning tugatilishi» (1972) filmida, Stepan Razin hayoti va uning kurashiga oid «Sizga erkinlik bergani keldim» kinoromanida (1971), «Xarakterlar», «Sizning oʻgʻlingiz va akangiz» (1966), «Gʻaroyib kishilar» kabi kartinalarida insonning teran ichki kechinmalari, orzu va umid sari talpinishlari, baʼzi bir kimsalarda uchraydigan meshchanlik falsafasining fojiaga olib kelishi mahorat bilan tasvirlangan. Shukshinning adabiyot va kino sohasidagi faoliyatida turli toifa kishilarining yorqin obrazlari yaratilgan.
Shukshinning badiiy adabiyot va kinodagi uslubi ishontirish sanʼatining kuchi bilan chuqur hayotiylik kasb eta olgan.
Sh. S. Gerasimovning «Koʻl boʻyida» filmidagi Chernix rolining ijrosi uchun Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1971). «Ular Vatan uchun jang qildilar» filmini suratga olish chogʻida toʻsatdan vafot etgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
As: Zemlyaki, M., 1970; Lyubavinlar. T., 1978; Chol va dengiz, T, 1981.