SHTOKVERK

SHTOKVERK (nem.) turli yoʻnalishdagi rudali tomircha va zarralar bilan toʻlgan togʻ jinslari massasini tashkil qiluvchi notoʻgʻri shakldagi rudali tana. Sh. lar orasida maydonli va chiziqlilari farqlanadi. Ularning oʻlchami bir necha oʻn m dan bir necha km ga yetadi. Shtokverklar darz ketgan togʻ jinslari orasida aylanib yuruvchi qaynoq eritmalardan tarkibida metall boʻlgan moddalarning choʻkishi natijasida hosil boʻluvchi gidrotermal hosilalar guruhiga taalluqli. Ularga mis, molibden, volfram, oltin, qalay, berilliy, uran, simob va boshqalar metall rudalari konlari misol boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x