SHTEYN (nem. tosh) — rangli metallurgiyaning oraliq yoki qoʻshimcha mahsuloti. Sulfidli (oltingugurtli) rudalar va ruda aralashma (konsentrat) laridan baʼzi rangli metallar (mis, nikel, qoʻrgʻoshin va boshqalar) olishda ishlatiladi. Tarkibidagi boshqa metallarning sulfidlari miqdoriga qarab, Shteyn misli, nikelli, misnikelli, qoʻrgʻoshinli, misqoʻrgʻoshinli turlarga boʻlinadi. Baʼzi Shteynda rux, marganes, kumush, kalsiy va boshqalar metallarning sulfdlari ham boʻladi. Rangli metallar (mas, mis) olish uchun Shteyn konvertersa qayta ishlanadi. Bunda mis sulfidining oksidlanish reaksiyasi (Si23+1 U202=Si20+502)da ajralgan issiqlikdan foydalaniladi. Konverterda Shteyn eritmasi qatlami orqali siqilgan havo (kislorod) yuboriladi. Shunda oltingugurt va temir oksidlanadi, oltingugurt gaz koʻrinishida, temir esa konverter shlagi tarzida chiqib ketadi. Olingan mahsulot xomaki mis deb ataladi. Bu usul (Sh. ni bessemerlash) nikel, qoʻrgʻoshin va boshqalar metallar ishlab chiqarishda ham qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые