SHTATIV

SHTATIV (lot. tik turuvchi, qoʻzgʻalmas) — foto yoki kinosuratga olish paytida fotoapparat va kinoapparatni; geodezik, astronomik va boshqalar asboblarni ishlatish paytida oʻrnatib qoʻyiladigan qurilma. Eng keng tarqalgan Shtativ metall yoki yogʻochdan yasaladigan uch oyokli kerma qurilma. Unda asboblarni oʻrnatish va mahkamlash moslamalari boʻladi, uni pastbaland qilib qoʻyish mumkin. Kichikroq qoʻl kinoapparatlarida kinosuratga olish uchun operatorning yelkasiga kiydirilganda yelka Sh. lari ham bor. Fotoapparatni stul suyanchigʻiga, stol chetiga va boshqalar tik turadigan mustahkam narsalarga mahkamlash uchun moʻljallangan moslama (strubsina) ham Shtativ vazifasini oʻtaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x