SHTAB

SHTAB (nem.) , harbiy shtab — qoʻshinlar (flot kuchlari)ni boshqaruvchi asosiy organ. Sh. lar umumqoʻshin, qoʻshin turlari va qurolli kuchlar turlariga qarab boʻlinadi. Shtabning asosiy vazifasi: vaziyat toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, ularni oʻrganish, ishlab chiqish hamda qoʻmondonga taklif tayyorlash; amaliyotlarni rejalashtirish, qoʻshinlarning birgalashib, hamkorlikda harakat qilishini uyushtirish; qoʻshinlar taʼminoti va ularni boshqarishni tashkil etish, buyruq va jangovar farmoyishlarni ijro etuvchilarga tez yetkazish; qoʻshinlarning va itoat etuvchi Shtabning jangga tayyorgarlik koʻrishiga yordam berish; jangovar tajribalarni umumlashtirish; mustahkam intizomni taʼmin etish va boshqalar Shtab oʻz ishini qoʻmondonlar qarorlari va yuqori Shtabning farmoyishlari asosida olib boradi. Shtablar barcha davlatlar armiyalarida (Oʻzbekiston Respublikasida — Qurolli Kuchlar birlashgan shtabi) mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x