SHPON (nem. mayda tarasha, pona) — 1) yogʻoch gʻoʻlalarni shilish stanoklarida shilib, randalash stanoklarida randalab va arralash stanoklarida arralab olinadigan yupqa material. Shilib olingan Shpon (0,1 — 10 mm qalinlikda) faner tayyorlashda, arralab olingan Shpon (1 — 10 mm) musiqa asboblarining qorin qopqoqlariga yopishtirishda, randalab olingan Shpon (0,2—5 mm) duradgorlik buyumlar sirtiga qoplashda ishlatiladi;
2) matbaada — satrlar orasini kattalashtirish uchun qoʻyiladigan plastinkasimon oraliq (probel) material (qistirma).