SHPISBERGEN

SHPISBERGEN (norvegcha Svalbard) — Shim. Muz okeanining gʻdobiy qismidagi arxipelag. Mayd. 62 ming km2. Yirik orollari: Gʻarbiy Shpisbergen, Shim.

Sharqiy Yer, Ej, Barens. Qirgʻokdari fyordlar bilan parchalangan. Relyefi togʻli (eng baland joyi 1712 m, Nyuton togʻi). Maydonining 35,1 ming km2 muzliklar bilan qoplangan. Koʻp yillik muzloklar, issiq buloqlar bor. Iklimi Arktikaga xos dengiz iklimi. Oʻsimliklari mox, lishaynik, pakana qayin va tol. Shim. Gʻarbiy Shpisbergen, Forlann milliy bogʻlari, rezervatlar tashkil etilgan. Toshkoʻmir konlari bor. Maʼmuriy markazi — Longir, asosiy porti — Barensburg. Shpisbergenga ilk bor 11—12-asrlarda pomorlar, 1596—97 yillarda gollandiyalik dengizchisayyoh V. Barens borgan. 1925-yilda Norvegiya rasmiy ravishda Shpisbergenni Norvegiya Qirolligi hududi (Svalbard maʼmuriy birligi) deb eʼlon qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x